
O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 21-27 mart oralig‘ida bo‘ladi
O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida bahorgi ta’til 21-martdan boshlanib, 27-martgacha davom etadi. O‘quv jarayoni 28-martdan, to‘rtinchi chorak boshlanishi bilan qayta tiklanadi.
Shuningdek, Navro‘z bayrami munosabati bilan (21-mart — davlat bayrami) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan o‘zbekistonliklar uchun ketma-ket uch kun dam olish kuni bo‘ladi: 21, 22 va 23-mart kunlari.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan kishilar uchun 21 va 23-mart dam olish kuni bo‘ladi, 22-mart (shanba) esa ish kuni sifatida qoladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda O‘zbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni (dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra) 31-mart (dushanba) kuni nishonlanadi, biroq mart oyidagi ish va dam olish kunlari jadvali hali o‘zgarishi mumkin.
2024-yilda Ramazon hayiti 10-aprelda, 2023-yilda 21-aprelda, 2022-yilda 2-mayda, 2021-yilda 13-mayda, 2020-yilda esa 24-mayda nishonlangan edi.