Nature’s 10: 2024-yilda fan dunyosini o‘zgartirgan olimlar
28 декабрь

Nature’s 10: 2024-yilda fan dunyosini o‘zgartirgan olimlar

Nature jurnali 2024-yilda fan va texnologiyalar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlarni o‘z ichiga olgan Nature’s 10 yillik ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning har biri o‘z sohasida sezilarli iz qoldirib, ajoyib yutuqlarga erishdi.

Bu yil ro‘yxat qahramonlari orasida fizik Ekkxard Peyk bor, uning kashfiyotlari o‘ta aniq yadro soatlarini yaratishga olib kelishi mumkin. Kanadalik aspirant Keytlin Xaras yosh olimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun olib borilgan kompaniyada hal qiluvchi rol o‘ynadi. Xitoylik geolog Li Chunlay “Chang‘e-6” missiyasi tomonidan keltirilgan oy jinslarini o‘rganish ishlariga rahbarlik qilmoqda, rossiyalik mutaxassis Anna Abalkina esa ilmiy soxtakorlikni fosh etmoqda.

Bundan tashqari, ro‘yxatga autoimmun kasalliklarni davolashda innovatsion yondashuvni qo‘llagan doktor Xuji Syuy va koinotning kengayishi sirlariga oydinlik kirituvchi astronom Vendi Fridman ham kiritilgan.

To‘liq ro‘yxat va batafsil ma’lumotni nashr veb-saytida topish mumkin.