Toshkentda Xalqaro NAUKA 0+ festival’i o’tkaziladi
1 ноябрь

Toshkentda Xalqaro NAUKA 0+ festival’i o’tkaziladi

2 va 3 noyabr kunlari Toshkentda Xalqaro NAUKA 0+ festival’i o’tkaziladi. Bu yilgi mavzu — “Atrofimizdagi fan”. Festival, dunyoda fan ommalashtirish bo’yicha eng muhim loyihalardan biri hisoblanadi.

Tadbir doirasida ilmiy-populyar ma’ruzalar, interaktiv ko’rgazmalar, virtual laboratoriyalar, ilmiy spektakllar va shoular, shuningdek, insoniyat kelajagi haqida munozaralar rejalashtirilgan. Mehmonlar film ko’rsatish, robotlar musobaqasida ishtirok etish, shuningdek, kvizlar va kvestlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Festivalning Toshkentdagi asosiy maydonchalari: M.V. Lomonosov nomidagi MGU filial’i, D.I. Mendeleyev nomidagi RHTU filial’i, O’zbekistondagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining materialshunoslik instituti va boshqa ilmiy va ta’lim muassasalari bo’ladi.

Kirish bepul.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun