
Toshkentda talabalar uchun rus tili bo‘yicha “Tezkor start” olimpiadasi o‘tkazildi
20-mart kuni Toshkentdagi Rus uyida O‘zbekistonning 25 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasidan 120 nafar talaba ishtirokida rus tili bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tdi.
“Tezkor start” olimpiadasi ishtirokchilari ikki bosqichdan o‘tishlari lozim edi: diktant yozish va test topshiriqlarini bajarish.
Tanlov sinovlari talabalardan nafaqat rus tilining imlo, tinish belgilari va grammatikasini mukammal bilishni, balki matnni ko‘p qirrali tahlil qilish qobiliyatini ham talab etdi.
Olimpiada natijalari 1-aprel kuni e’lon qilinadi. Barcha ishtirokchilarga qatnashganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.
Toshkentdagi Rus uyi ishtirokchilar va oliy ta’lim muassasalari rahbariyatiga O‘zbekistonda rus tilini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirdi.