O‘zbekiston va Oracle bulutli texnologiyalar sohasida hamkorlikni muhokama qilmoqda
14 февраль

O‘zbekiston va Oracle bulutli texnologiyalar sohasida hamkorlikni muhokama qilmoqda

O‘zbekistonda bulutli texnologiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasining Oracle korporatsiyasi rahbariyati bilan o‘tkazgan uchrashuvining asosiy mavzusiga aylandi. Muzokaralarda Sherzod Shermatov boshchiligidagi vazirlik vakillari hamda kompaniyaning ijrochi vitse-prezidenti Saymon De Monfor Uoker va katta vitse-prezident Cherian Vargeze ishtirok etdilar.

O‘zbekiston texnologiya kompaniyalari uchun o‘zining qulay ishbilarmonlik muhiti, IT sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, rivojlangan raqamli infratuzilmasi va yuqori kadrlar salohiyati kabi afzalliklarini namoyish etdi. Mamlakatda bulutli texnologiyalar va ma’lumotlar muhandisligi bo‘yicha mutaxassislar jadal tayyorlanmoqda, chet tillarini puxta bilishi esa o‘zbek IT-mutaxassislarining xalqaro bozorda raqobatbardoshligini ta’minlamoqda.

Oracle O‘zbekistonning bozor imkoniyatlarini, xususan bulutli infratuzilma va raqamli yechimlarni rivojlantirish sohasidagi salohiyatini o‘rganishga qiziqish bildirdi. Jahon IT-giganti bilan bo‘lajak hamkorlik mamlakatning mintaqadagi yetakchi texnologik markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlashi, raqamli o‘zgarishlarni jadallashtirishi va yuqori texnologiyali sohalarda yangi ish o‘rinlarini yaratishi mumkin.