O‘zbekiston Ostonada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada medallarni qo‘lga kiritdi
22 январь

O‘zbekiston Ostonada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada medallarni qo‘lga kiritdi

13-17 yanvar kunlari Ostonada matematika, fizika va informatika bo‘yicha Javtikov nomidagi 21-xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Unda 20 mamlakatdan 700 ga yaqin talaba ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy jamoasi a’lo natijalar ko‘rsatib, 2 ta oltin, 5 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

“Artel” texnikumining 11-sinf o‘quvchisi Asadbek Boboqulov va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalari maktabining 10-sinf o‘quvchisi Elbek Zohidjonov oltin medal sohiblari bo‘lishdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, o‘tgan yili ushbu nufuzli olimpiadada O‘zbekiston jamoasi 14 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.