O‘zbekiston OTMlarda sirtqi ta’limdan voz kechmoqda
6 май

O‘zbekiston OTMlarda sirtqi ta’limdan voz kechmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, mamlakatimizda joriy o‘quv yilidan boshlab barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakli tugatiladi.

Ushbu qaror barcha ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli, ya’ni endi hech bir OTM sirtqi bo‘limga yangi talabalarni qabul qilmaydi. Sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar o‘qishni odatdagi tartibda davom ettiradi.

Sirtqi ta’limga muqobil ravishda masofaviy va kunduzgi ta’lim shakllarida moslashuvchan jadval (part-time) bo‘yicha o‘rinlar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bunda, ta’limning muqobil shakllariga qabulning umumiy hajmi kunduzgi ta’lim shakliga qabulning 50 foizidan oshmasligi lozim.

Magistraturada muqobil ta’lim shakllari, shu jumladan masofaviy ta’lim shaklida o‘qishga ruxsat berish muhim yangilik bo‘lib, ilgari faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun mavjud edi.