
RDPUning toshkentlik talabalari Sankt-Peterburgdagi festivalga tashrif buyurishdi
A.I. Gertsеn nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti (RDPU) Toshkent filiali talabalari Buyuk Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan "G‘alaba bahori" festivalida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga tashrif buyurdilar.
22-24-aprel kunlari o‘tkazilgan festival Rossiya, Belarus va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari vakillarini jamladi. Dasturga ekskursiyalar, ma’ruzalar, universitetlar amaliyoti taqdimotlari, ijodiy kechalar va intellektual o‘yinlar kiritilgan edi.
Festivalning markaziy voqeasi talabalarning Leningrad qamal aholisi vakili va Gertsen universiteti bitiruvchisi Irina Zimnyova bilan uchrashuvidan iborat bo‘ldi.
Toshkent filiali talabalari shuningdek, Gertsen nomidagi RDPU rektori Sergey Tarasov bilan ham uchrashdilar.
Ta’lim vazirligi ko‘magida faoliyat yuritayotgan Gertsen nomidagi RDPU Toshkent filiali Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikka ko‘maklashuvchi mintaqaning muhim o‘quv-uslubiy markazi hisoblanadi.