Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi G‘arb bilan aloqalar uzilgandan so‘ng onkologiya bilan kurashda katta yutuqqa erishganini ma’lum qildi
26 ноябрь

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi G‘arb bilan aloqalar uzilgandan so‘ng onkologiya bilan kurashda katta yutuqqa erishganini ma’lum qildi

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh onkologi Andrey Kaprin G‘arb mamlakatlari bilan hamkorlik to‘xtatilgach, Xitoy bilan aloqalar o‘rnatilishi natijasida onkologik kasalliklarni davolashda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilganini bildirdi.

Uning aytishicha, Rossiya tibbiyoti onkologiyani jarrohlik yo‘li bilan davolashda katta yutuqlarga erishdi, jumladan mikroxirurgiya kabi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirdi. “Biz ilgari qo‘l urmaydigan hajmdagi amaliyotlarni bajarmoqdamiz. Masalan, biz avval onkologiyada mikroxirurgiya bilan shug‘ullanmasdik. Endi ishimiz ancha yaxshilandi. Orqaga chekinish imkonimiz yo‘qligini yaxshi anglaymiz,” — dedi Kaprin.

Osiyo mamlakatlari, ayniqsa Xitoy bilan hamkorlikka yo‘nalish olish to‘g‘risidagi qaror taraqqiyotning asosiy omili bo‘ldi. Rossiya yangi tadqiqot yo‘nalishlarini faol rivojlantirmoqda va zamonaviy davolash usullarini joriy etmoqda. Bu esa onkologik bemorlar uchun tibbiy yordam sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari ta’kidlashicha, sohaning ish strategiyasidagi o‘zgarishlar g‘arblik hamkorlar bilan aloqalar uzilgandan keyin muqobil yechimlarni izlash zarurati tufayli yuzaga kelgan.