Euronews OAV sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda ko‘maklashadi
Oliy ta’lim vazirligida ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzruxonov Euronews xalqaro media-xoldingi vakillari Fernando Soares va Piter Vajay bilan uchrashdi. Muzokaraning asosiy mavzusi OAV uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalasi bo‘ldi.
Soares O‘zbekiston allaqachon turizm, biznes va investitsiyalar bilan bog‘liq bir qator loyihalarda hamkorlik qilayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu yo‘nalishlar hamkorlikda yanada rivojlanish uchun katta imkoniyatlarga ega. Asosiy takliflardan biri PR-menejment, ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish va media-menejment bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun qisqa muddatli kurslar va amaliy seminarlar o‘tkazish bo‘ldi.
Buzruxonov O‘zbekiston ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan yutuqlarni jahon hamjamiyatiga namoyish etishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. U o‘zbek pedagoglarini Euronews media-xoldingi negizida o‘qitishni tashkil etishni taklif qildi. Bu o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish va mamlakatda mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning ta’lim va ilm-fan sohasidagi yutuqlari haqida so‘zlab beruvchi media kontent yaratish imkoniyati ham muhokama qilindi.