
O‘zbekiston va “MEI” milliy tadqiqot universiteti vakillari energetika ta’limi sohasidagi hamkorlikni muhokama qildilar
Moskvada O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev “MEI” milliy tadqiqot universiteti rektori Nikolay Rogalyov bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida universitetning respublika energetika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan Toshkent filialini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. O‘qituvchilarning malakasini oshirish, axborot-resurs markazi imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, sanoat hamkorlari bilan yanada yaqin aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar energetika sohasi vakillari ishtirokida konferensiya uyushtirish va bitiruvchilar uchun ishga joylashish yarmarkasini o‘tkazishga kelishib oldilar. Nikolay Rogalyov universitet o‘zbekistonlik energetika mutaxassislarini o‘qishga qabul qilishga, shuningdek, o‘zbekistonlik tadqiqotchilarning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishlarida ko‘maklashishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi universitetning ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi yutuqlari hamda moddiy-texnik bazasi bilan ham tanishdi.