Yaqin kelajakda Rossiyada saratonga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlanadi
14 октябрь

Yaqin kelajakda Rossiyada saratonga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlanadi

Olimlar ushbu preparat onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning hayot davomiyligini sezilarli darajada uzaytiradi va retsidivlarning oldini olishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Markaz direktori Gamaleya Ginzburg — melanoma va o‘pka saratoni bilan og‘rigan bemorlar saratonga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib sinab ko‘rishlari haqida: “Hozir melanoma bilan ishlayapmiz, chunki melanoma bilan ishlash texnik jihatdan osonroq. U yuzaki, hamma narsa ko‘rinib turibdi, lekin boshqalar ham bo‘ladi. Qozon fundamental tibbiyot va biologiya instituti boshqa modellarda, xususan, mayda hujayrali o‘pka saratoni bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda, bu kasallik tufayli dunyoda taxminan 1,2-1,3 million kishi vafot etadi. Bu eng ko‘p tarqalgan xavfli saratonlardan biridir.”

Ishning katta qismi allaqachon bajarib bo‘lingan. Sinovlar to‘liq klinik yoki klinik istisnolar doirasidagi tadqiqotlar deb ataladigan bo‘lishi mumkin.