O‘zbekistonda so‘nggi sakkiz yil ichida 125 ta yangi oliy o‘quv yurti tashkil etildi
7 февраль

O‘zbekistonda so‘nggi sakkiz yil ichida 125 ta yangi oliy o‘quv yurti tashkil etildi

Prezident videoselektor yig‘ilishida 2024-yilda xizmatlar sohasida amalga oshirilgan ishlar yakunlarini sarhisob qilib, 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Majlisda oliy ta’limni rivojlantirish va bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi.

So‘nggi sakkiz yil mobaynida mamlakatimizda 125 ta yangi oliy ta’lim muassasasi ochildi, ularning 23 tasi xorijiy universitetlarning filiallari hisoblanadi. Biroq, ta’lim xizmatlari eksporti hamon past darajada qolmoqda — o‘tgan yili u atigi 26 million dollarni tashkil etdi, bu esa soha salohiyatidan ancha past ko‘rsatkichdir.

Davlatimiz rahbari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga jahon reytingida "Top-1000‘ga kirgan ikkita universitet bilan cheklanib qolmasdan, yaqin yillarda ularning sonini 10 taga yetkazish choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.