O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy onkologiya registri joriy etiladi
O‘zbekistonda Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi tomonidan “O‘zinfokom” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan milliy onkologik registrni joriy etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Dasturiy ta’minot xalqaro standartlar va Xalqaro saratonni o‘rganish agentligi (MAIR) ekspertlarining tavsiyalari asosida yaratilgan.
2024-yil 3-7-noyabr kunlari mutaxassislar tomonidan dasturni joriy etishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida onkologik registr bilan ishlovchi barcha markaz va filiallar xodimlari uchun mahorat darslari o‘tkaziladi. Yangi registr saraton epidemiologiyasini, tashxisning tarqalishini samarali kuzatish, davolash natijalarini baholash va O‘zbekistonda onkologiya xizmatini rivojlantirish uchun strategik qarorlar qabul qilish imkonini beradi.