IIV Akademiyasida kiberxavfsizlik fakulteti ochiladi
28 январь

IIV Akademiyasida kiberxavfsizlik fakulteti ochiladi

2025-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston IIV Akademiyasida Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika fakulteti faoliyatini boshlaydi. Uning tarkibiga kiberhuquq, aniq fanlar, raqamli texnologiyalar, axborot xavfsizligi va kriminalistik ekspertiza kafedralari kiradi.

Fakultetni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi 17-sonli qarorida ko‘zda tutilgan. Ushbu qadam raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish uchun malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Yangi o‘quv yilidan boshlab yangi ta’lim yo‘nalishlari joriy etiladi. “Yurisprudensiya” yo‘nalishi doirasida “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati” bakalavriat dasturi to‘rt yillik o‘qishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” mutaxassisligi bo‘yicha bir yillik magistratura dasturi ham ishga tushadi.