Shavkat Mirziyoyev turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishning yangi bosqichlarini tasdiqladi
8 февраль

Shavkat Mirziyoyev turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishning yangi bosqichlarini tasdiqladi

Hududlarda 1 156 ta rivojlantiruvchi loyihalar tasdiqlanib, ularni amalga oshirish uchun 1 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. Ushbu tashabbuslar doirasida 72 ta sohil bo‘yi dam olish maskani, 154 ta kecha-kunduz faoliyat yuritadigan sayyohlik va gastronomik ko‘chalar, 62 ta yangilangan bog‘ va 364 ta yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etiladi.

Turizm xizmat ko‘rsatish sohasining asosiy yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda 90 dan ortiq davlat bilan aloqalar o‘rnatilgani tufayli xorijiy sayyohlar soni deyarli to‘rt barobar oshdi. O‘tgan yili turizm xizmatlari eksporti 3,5 milliard dollarga yetgan bo‘lsa-da, imkoniyatlar bundan ancha yuqori.

Xususan, Malayziya va Indoneziya fuqarolari Umra ziyoratidan oldin buyuk allomalar maqbaralarini ziyorat qilishga qiziqish bildirmoqda. Bu esa yangi “Umra plyus” sayyohlik paketini yo‘lga qo‘yish uchun asos bo‘ladi. Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva va Toshkentdagi sayyohlik majmualarida xalqaro konsert va forumlar o‘tkazilishi ham muhim qadam bo‘lib, mehmonxona biznesi, restoran sohasi va savdo-sotiqning rivojlanishiga turtki beradi.

Tibbiy turizmda qo‘shimcha istiqbollar ochilmoqda. Xorijiy bemorlarni jalb qilish va tibbiy xizmatlar eksportini oshirish maqsadida o‘tgan yili “Tibbiy mehmondo‘stlik” dasturi ishga tushirildi.