O‘zbekistonda Star Venture startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushdi
16 январь

O‘zbekistonda Star Venture startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushdi

O‘zbekistonda mamlakatning startap ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan Star Venture dasturi yo‘lga qo‘yildi. Tashabbus 2025-yil 15-yanvarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamda U-Enter platformasi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbati doirasida taqdim etildi.

Tadbirda O‘zbekistondagi innovatsion tadbirkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun startaplar, sarmoyadorlar va soha yetakchi vakillari to‘plandi. Star Venture dasturi allaqachon xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatib, 26 mamlakatdan 300 dan ortiq startapni qo‘llab-quvvatlagan va 529 million dollar miqdorida sarmoya jalb etishga erishgan.