Sirdaryo hokimi lavozimidan ozod etildi
16 январь

Sirdaryo hokimi lavozimidan ozod etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiya masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Hokimni lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa muhim yo‘nalishlardagi faoliyatning yetarli darajada bo‘lmaganligi bilan bog‘liq. Yig‘ilish davomida prezident bir qator tumanlarda ham qoniqarsiz natijalar kuzatilganini ta’kidladi.

Xususan, 2023-yilda mamlakatimizning Beruniy, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa va Shovot kabi sakkizta tumanida jalb qilingan investitsiyalar hajmi 15 million dollardan oshmagan.

Bundan tashqari, Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod, Guliston tumanlari hamda Ohangaron shahrida eksport ko‘rsatkichlarining pasayganligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida ushbu o‘n oltita tuman va Ohangaron shahri hokimlariga hayfsan berildi.