
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun onlayn platforma ishga tushirildi
O‘zbekistonda boshqaruv va biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida yaratilgan “Kichik biznes akademiyasi” nomli bepul onlayn ta’lim platformasi faoliyatini boshladi. Ushbu loyiha ALPHA Academy biznes maktabi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida TBC Bank hamda payme to‘lov tizimi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Platforma o‘zbek va rus tillarida kurslarni taklif etib, korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va moliyaviy hisobotdan tortib, internet orqali mijozlarni samarali jalb etishgacha bo‘lgan mavzularni qamrab oladi. Materiallar ALPHA Academy metodistlari tomonidan tajribali tadbirkorlar va biznes egalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning amaliy qiymatini kafolatlaydi.
Ta’limga kirish ham kompyuterdan, ham mobil telefondan ochiq. Platformaning alpha.uz/business-academy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Hozirda oltita kurs mavjud bo‘lib, ular biznesni "kulrang"dan "oq‘ga o‘tkazish, restoran biznesini rivojlantirish va ijtimoiy tarmoqlarda do‘konlarni targ‘ib qilish bo‘yicha materiallarni o‘z ichiga oladi. Dastlabki uchta kurs payme ko‘magida tayyorlangan.