O‘zbekiston Ozarbayjon va Turkmaniston ko‘magida Erondan 30 nafar fuqaroni evakuatsiya qildi
16 июнь

O‘zbekiston Ozarbayjon va Turkmaniston ko‘magida Erondan 30 nafar fuqaroni evakuatsiya qildi

O‘zbekiston Erondan 30 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi. Vatanga qaytarish operatsiyasida Ozarbayjon va Turkmaniston faol yordam ko‘rsatdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Tehron va Tel-Avivdagi diplomatik vakolatxonalari vaziyat keskinlashgan hududda bo‘lgan o‘zbekistonliklarning xavfsizligini ta’minlash uchun kecha-yu kunduz ishlashda davom etmoqda.

Eron va Isroilda bo‘lib turgan barcha fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarni tark etmaslik va diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada bo‘lish tavsiya etilgan.

Favqulodda aloqa uchun quyidagi telefonlar ishlaydi:

O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasi: +98 (21) 22299780

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi: +972 (3) 672-2466