O‘zbekistonda OIVning jinsiy yo‘l bilan yuqishi holatlari ko‘paymoqda
1 декабрь

O‘zbekistonda OIVning jinsiy yo‘l bilan yuqishi holatlari ko‘paymoqda

1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kunida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda OIV infeksiyasining tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha, dunyoda 40 millionga yaqin odam OIV bilan yashamoqda va har yili ushbu kasallikka chalinganlar soni 1,5 million kishiga ortmoqda. Har yili kasallik tufayli 600 mingga yaqin odam vafot etmoqda.

Muammolardan biri bu kasallikning kech aniqlanishidir, chunki OIV bilan yashovchi odamlarning taxminan 25 foizi o‘z tashxisidan bexabar, ularning deyarli yarmi esa kasallik haqida keyingi bosqichlarda bilib oladi. So‘nggi yillarda OIVning jinsiy yo‘l bilan yuqishi holatlari ko‘payib bormoqda va bu tendensiya O‘zbekistonga ham ta’sir qilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili ro‘yxatga olingan bemorlarning qariyb 80 foizi aynan jinsiy yo‘l bilan yuqqan deb taxmin qilmoqda.