O‘zbekiston va Hindiston aviaqatnovlar sonini ko‘paytiradi
13 декабрь

O‘zbekiston va Hindiston aviaqatnovlar sonini ko‘paytiradi

O‘zbekiston va Hindiston o‘zaro aviaqatnovlar sonini haftasiga 28 martagacha yetkazish orqali aviatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Ushbu kelishuvga Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) ICAN-2024 tadbiri doirasida erishildi.

Rejalarga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi 2025-yilning yozgi jadvalidan boshlab Toshkent va Mumbay o‘rtasida uchinchi haftalik qatnovni yo‘lga qo‘yadi. Yangi qatnovlar seshanba va shanba kunlaridagi mavjud reyslarni to‘ldirib, juma kunlari amalga oshiriladi.

Hamkorlikni kengaytirish yangi yo‘nalishlarni ham o‘z ichiga oladi. Bular qatorida Samarqand, Buxoro, Namangan, Amritsar, Bengaluru, Haydarobod va Chennay kabi shaharlar bor.