
"Родина-мать" G‘alabaning 80 yilligi ramziga aylandi
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligini nishonlashning rasmiy logotipi Yevgeniy Vuchetich yaratgan mashhur "Родина-мать зовёт!" haykali bo‘ldi. Logotip taqdimoti Stalingrad yaqinidagi qarshi hujum boshlanganining yilligida Poklonnaya tepaligidagi "G‘alaba muzeyi"da o‘tkazildi.
Logotipda Volgograddagi Mamayev qo‘rg‘onida joylashgan "Родина-мать" siymosi, Georgiy lentasi, 80 raqami va "Победа" so‘zi aks ettirilgan.
"Bu ajdodlarimizning qahramonona jasoratining ulug‘vorligini va tarixiy sinovlar oldida xalqimizning birligini ta’kidlaydigan ramziy lahzadir", - deya ta’kidlashdi tadbir tashkilotchilari.
Logotip G‘alaba yubileyiga bag‘ishlangan barcha rasmiy tadbirlarda qo‘llaniladi.