MDHda “Mehnat shuhrati shahri” loyihasi ishga tushdi
17 январь

MDHda “Mehnat shuhrati shahri” loyihasi ishga tushdi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qarorgohi (shtab-kvartirasi)da “1941-1945-yillardagi Mehnat shuhrati shahri” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi qarorni amalga oshirishga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi. Tadbirda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Loyiha MDH Davlat rahbarlari kengashining 2024-yil 8-oktyabrdagi qaroriga asoslangan bo‘lib, unda unvon to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan va Gumanitar hamkorlik kengashiga Ijroiya qo‘mita bilan birgalikda mamlakatlarning uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashtirish vazifasi topshirilgan.

Majlis davomida ishtirokchilar loyiha ustida ishlash mexanizmlarini, jumladan tadbirlarni tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini, unvon berish asoslarini, shuningdek, takliflarni taqdim etish va tasdiqlash tartibini muhokama qildilar. Ushbu unvon beriladigan shaharlarning huquqiy maqomiga alohida e’tibor qaratildi.