O‘zbekistonda zilzilalardan erta ogohlantirish tizimi stansiyalari soni 90 taga yetdi
17 январь

O‘zbekistonda zilzilalardan erta ogohlantirish tizimi stansiyalari soni 90 taga yetdi

O‘zbekistonda kuchli zilzilalarni erta aniqlash milliy tizimining kuzatuv tarmoqlari 90 ta stansiyagacha kengaytirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev xabar berdi.

Qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi bilan birgalikda Qirg‘izistonning sakkizta, shuningdek Tojikiston va Afg‘onistonning bittadan seysmik stansiyasini seysmologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining global tarmog‘iga bog‘ladi. Bu choralar natijasida xalqaro tizimga ulangan stansiyalar soni 27 taga yetdi.

Foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida kuchli zilzilalar haqida ogohlantirishlar olish imkonini beruvchi mobil ilova ishlab chiqildi. Ushbu ilova 90 ta stansiyani o‘z ichiga olgan keng qamrovli milliy tizimning bir qismi hisoblanadi.

Bundan tashqari, seysmik bashoratlar asosida Toshkent shahrida 6,3 magnitudali va 8 balli zilzila sodir bo‘lgan taqdirda 11 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar va 193 mingdan ortiq yakka tartibdagi turar-joy binolarining ehtimoliy shikastlanish darajalari baholandi.