O‘zbekistonda g‘ildirakli transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha yangi qaror ishlab chiqildi
O‘zbekiston Transport vazirligi g‘ildirakli transport vositalari xavfsizligiga oid yangi qaror loyihasini ishlab chiqdi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi — odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shuningdek, mol-mulkni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish.
Qaror, shuningdek, transport vositalarining funksiyalari va xavfsizligiga oid ehtimoliy xatolar va tushunmovchiliklar haqida xaridorlarni ogohlantirishga qaratilgan.
Loyihada g‘ildirakli transport vositalariga qo‘yiladigan texnik talablar belgilangan bo‘lib, ularni ishlab chiqarish, ta’mirlash va ishlatishda ularga rioya qilinishi kerak. Ushbu talablarga muvofiqlikni sinovdan o‘tkazish va baholash tartibi belgilandi. Reglamentni ishlab chiqishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining qoidalari va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining umumiy talablari kabi xalqaro me’yorlar hisobga olingan.