
O‘zbekistonliklar nikoh qurish kamaydi
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida O‘zbekistonda 179,4 ming nikoh qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 mingdan ko‘proq kamaygan bo‘lib, so‘nggi yillardagi eng past ko‘rsatkichdir. Eng kam nikoh 2017-yilning yanvar-sentyabr oylarida qayd etilgan bo‘lib, u paytda ularning soni 176,1 mingtani tashkil etgan edi.
Bundan tashqari, 2024-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 34 mingta ajralish holati ro‘yxatga olingan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ajralishlarning eng ko‘p qismi farzandsiz oilalarda kuzatilmoqda — ular 16 135 tadan ortiq. Ulardan keyin bir farzandli (9 863 ta ajralish) va ikki hamda undan ortiq farzandli (7 986 ta ajralish) juftliklar turibdi.
Ajralishdan o‘tgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 35,2 yoshni, ayollarniki esa 32,4 yoshni tashkil etadi. Shu bilan birga, ajralishlarning eng katta qismi 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri keladi, ularning ulushi 64,3 foizni tashkil qiladi.