Farg‘ona viloyatida harbiylar va ularning oilalari o‘rtasida teleko‘prik o‘tkazildi
6 январь

Farg‘ona viloyatida harbiylar va ularning oilalari o‘rtasida teleko‘prik o‘tkazildi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida Farg‘ona viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilar va ularning ota-onalari uchun videoanjuman uyushtirdi.

Teleko‘prik davomida Jizzax garnizonida xizmat qilayotgan farg‘onalik yigitlar hamda Farg‘ona garnizonidagi jizzaxlik tengdoshlari videoaloqa orqali oila a’zolari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lishdi. Bu haqda Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Askar onalarini e’zozlaymiz!” deb nomlangan tadbirda ota-onalar farzandlari bilan faxrlanayotganini va ularga ishonch bildirganini aytishdi. Ular o‘g‘illariga nafaqat harbiy burchni sharaf bilan ado etishni, balki chin ma’nodagi Vatan himoyachilariga aylanishni ham tilab qolishdi.

Tadbir yakunida Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi xizmatda o‘zini fidoyi ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga minnatdorchilik xatlari va esdalik sovg‘alarini topshirdi.