O‘zbekiston konchilik sanoati vaziri Euronews vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston konchilik sanoati va geologiya vaziri Bobir Islamov Euronews telekanali direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida vazirlik vakillari so‘nggi yillarda konchilik sohasida amalga oshirilgan sezilarli o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Xususan, sohani modernizatsiya qilish, yangi qonunchilik tashabbuslari va islohotlarga alohida e’tibor qaratildi.
Euronews delegatsiyasi rahbari O‘zbekistonning ushbu sohadagi ayrim yutuqlari bilan avvaldan tanish ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni mustahkamlash sanoatni yanada rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi va xalqaro hamjamiyat e’tiborini mamlakatning yutuqlariga jalb qilishi mumkinligini qayd etdi.