
Qoraqalpog‘istonda ijro intizomi muhokama etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida ijro intizomi va hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari N. Yerlepesov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi E. Jo‘rayev va Adliya vazirligining bosh maslahatchisi F. Jo‘rayev ishtirok etdilar.
Asosiy e’tibor davlat rahbarining farmon, qaror va topshiriqlari, shuningdek, yig‘ilish bayonnomalarida berilgan ko‘rsatmalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi masalalariga qaratildi. Nazoratning asosiy vositasi sifatida “Ijro.gov.uz” idoralararo elektron tizimi ko‘rib chiqildi. Uning faoliyati Prezidentning 2021-yildagi PF-6166-sonli Farmoni va 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori bilan tartibga solinadi.
Seminar davomida 2024-yilda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat topshiriqlarining bajarilishi natijalari, aniqlangan kamchiliklar hamda ish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining qonun hujjatlari ijrosi uchun shaxsiy javobgarligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.