Senatda "Pokiston-O‘zbekiston" do‘stlik guruhi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
29 октябрь

Senatda "Pokiston-O‘zbekiston" do‘stlik guruhi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Senati binosida “Pokiston — O‘zbekiston” do‘stlik guruhi rahbari Sarmad Ali boshchiligidagi Pokiston parlamenti Senati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki mamlakat rahbariyati sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar barqaror rivojlanib, mustahkamlanib borayotganini ta’kidladilar. Bu jarayonda strategik sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladigan parlamentlararo hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda.

Suhbat chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bilan bog‘liq asosiy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyati samaradorligini oshirish va oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini birgalikda nazorat qilish muhimligi yuzasidan fikr almashdilar.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun