
O‘zbekistonda tartibsizliklarni moliyalashtirganligi uchun javobgarlik joriy etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga o‘zgartishlar kirituvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. O‘zgarishlar ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish va ularni moliyalashtirish uchun javobgarlik bilan bog‘liq.
Qonun loyihasida ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etishga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etganligi uchun javobgarlik choralarini belgilovchi 244-moddaning uchinchi qismi kiritildi. 244-moddaning to‘rtinchi qismi endi bunday tartibsizliklarni moliyalashtirish uchun bevosita javobgarlikni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, moddaga beshinchi qism qo‘shildi. Unga ko‘ra, agar shaxslar huquqni muhofaza qilish organlariga o‘zlari o‘tgan ta’lim haqida xabar bergan bo‘lsalar, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
O‘zgarishlar ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va mamlakatda jamoat tartibini saqlash ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.