O‘zbekistonda tadbirkor ayollarga imtiyozli kreditlar beriladi
17 март

O‘zbekistonda tadbirkor ayollarga imtiyozli kreditlar beriladi

2025-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi dasturi joriy etiladi. Unga ko‘ra 100 million so‘mgacha garovsiz kreditlar taqdim etiladi. Tegishli farmon Prezident tomonidan imzolandi.

Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan ayollarga garovsiz kreditlar ajratiladi.

Bundan tashqari, kamida 5 nafar ayolning tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashgan yoki “yashil loyihalar” va IT sohasida faoliyat yuritayotgan 1000 nafar tadbirkorga 50 million so‘mgacha grant beriladi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi sotib olingan uskunalar yetkazib berilguncha kreditlar bo‘yicha kafolat beradi.