MDH mamlakatlari vakillari qurolsizlanish masalalari bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar
14 май

MDH mamlakatlari vakillari qurolsizlanish masalalari bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar

Kosmik fazoda qurollanish poygasining oldini olish hamda qurol-yarog‘larni nazorat qilish, qurolsizlanish va tarqatmaslik masalalari Minskda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlarining vazirliklararo maslahatlashuvlarida muhokama mavzusiga aylandi.

"Uchrashuv konstruktiv va samarali muhitda o‘tdi. Qurol-yarog‘larni nazorat qilish, qurolsizlanish va tarqatmaslik mavzusi bo‘yicha atroflicha fikr almashildi," - deya ta’kidlandi Rossiya TIVda.

Maslahatlashuv ishtirokchilari BMT Bosh Assambleyasi, Jenevadagi Qurolsizlanish konferensiyasi va BMTning Qurolsizlanish bo‘yicha komissiyasi kabi ixtisoslashgan ko‘p tomonlama maydonlardagi hamkorlik jihatlarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasi bo‘yicha ko‘rib chiqish jarayoni, kosmosda qurollanish poygasining oldini olish, sun’iy intellekt texnologiyalarini harbiy maqsadlarda qo‘llash, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotidagi vaziyat hamda oddiy qurollarni nazorat qilish va ishonch, xavfsizlik choralarini kuchaytirish muammolariga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda Ozarbayjon (kuzatuvchi sifatida), Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar Hamdo‘stlik doirasida ham, xalqaro maydonda ham yuqoridai masalalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqladi.