O‘zbekistonda zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash kuchaytiriladi
18 июнь

O‘zbekistonda zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash kuchaytiriladi

Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhning yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish Senatning Yoshlar, ayollar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, IIV hamda GIZning "Markaziy Osiyoda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish" mintaqaviy loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Uchrashuv mavzusi ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbirda senatorlar, Bolalar ombudsmani, vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdilar.

Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish chora-tadbirlari, yoshlar bilan tizimli ishlash zarurati, ushbu jarayonlarda ayollarning rolini oshirish, shuningdek, davlat tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Senat qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonova zo‘ravonlikka qarshi kurashish uchun davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa mahalla darajasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini ta’kidladi. Zo‘ravon ekstremizmning dastlabki bosqichlarida uning oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslanova yoshlar o‘rtasida mediasavodxonlikni oshirish maqsadida hududlarda o‘quv seminarlarini tashkil etishni taklif qildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar qonunchilikni takomillashtirish va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha bir qator takliflarni ishlab chiqdilar.