
O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati
7 январь
O‘zbekiston Prezidenti qisqa muddatli ta’tilga jo‘nadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 yanvardan boshlab qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezidentning ish jadvalida bunday tanaffuslar kamdan-kam uchraydi. Shavkat Mirziyoyev so‘nggi marta o‘tgan yilning yozida — 26 iyuldan boshlab qisqa muddatli ta’tilga chiqqan edi va bu ta’til 10 kun davom etgandi.
Joriy ta’tilning tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmagan.