O‘zbekistonda bulutli ma’lumotlar markazini barpo etish rejalashtirilmoqda
7 январь

O‘zbekistonda bulutli ma’lumotlar markazini barpo etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bulutli texnologiyalar asosida ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni topshirdi. Bu qaror Prezidentning 27-dekabrdagi farmoni doirasida qabul qilingan yo‘l xaritasida nazarda tutilgan.

Markaz shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarni, shu jumladan bank sirlarini saqlash uchun mo‘ljallangan. Axborot va kiberhavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Kiberhavfsizlik markaziga 2025-yil martgacha takliflar tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Bank va shaxsiy ma’lumotlar uchun bulutli omborni yaratish g‘oyasini TBC Bank xalqaro operatsiyalari rahbari Oliver Xyuz ilgari surgan. Uning aytishicha, hozirgi paytda mahalliy hisoblash markazlarida ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha talablar qimmatga tushadi va mamlakatda texnologik kompaniyalarning rivojlanishini cheklaydi. Xyuz O‘zbekiston hududida ham, xorijda ham ma’lumotlarni bulutli omborlarda saqlashga ruxsat berish uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishni taklif etdi.

Prezident bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish masalasi tobora dolzarb bo‘lib borayotganini ta’kidladi. U bu masala bo‘yicha qaror “puxta o‘ylangan va xatosiz” bo‘lishi lozimligini, chunki u fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishga daxldor ekanligini alohida qayd etdi.