Navoiy viloyatida zilzila qayd etildi
7 январь

Navoiy viloyatida zilzila qayd etildi

2025-yil 6-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:25 da O‘zbekistonda 3,6 balllik zilzila yuz berdi. Yer qimirlashining markazi Navoiy viloyatining Tomdi tumanida, yer yuzasidan 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Zilzila markazining koordinatalari shimoliy kenglikning 41,92° va sharqiy uzunlikning 65,08° ni tashkil etdi. Mamlakat poytaxti Toshkentgacha bo‘lgan masofa shimoli-g‘arb yo‘nalishida 352 kilometrni tashkil etadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila jiddiy zarar yetkazmagan.