O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlash taklifi kiritildi
7 январь

O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlash taklifi kiritildi

O‘zbekistonda elektron sigaretalar, nikotin yetkazib berish moslamalari va boshqa “innovatsion” tamaki mahsulotlari aylanmasini to‘liq taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Hujjat O‘zLiDeP fraksiyasi tomonidan taqdim etilgan va hozirda birinchi o‘qish bosqichida turibdi.

Qonun loyihasida bunday mahsulotlarni mamlakat hududida ishlab chiqarish, sotish maqsadida saqlash, tashish va sotishni taqiqlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ularni noqonuniy olib kirish va olib chiqish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etish taklif etilmoqda.