O‘zbekistonda 2025-yildan ko‘chmas mulk, yer va suv resurslariga soliqlar oshiriladi
10 ноябрь

O‘zbekistonda 2025-yildan ko‘chmas mulk, yer va suv resurslariga soliqlar oshiriladi

2025-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, yer va suv resurslaridan foydalanish uchun soliqlarning oshirilishi kuchga kiradi. Bu o‘zgarish ko‘chmas mulk egalariga hamda oddiy fuqarolarning kundalik xarajatlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Yangi stavkalarga ko‘ra, jismoniy shaxslar uchun ko‘chmas mulk solig‘i 10 foizga oshadi. Bir kvadrat metrning minimal qiymati quyidagicha belgilanadi:

  • Toshkent shahri — har bir kvadrat metr uchun 3,3 million so‘m;
  • Nukus shahri va viloyat markazlari — har kvadrat metr uchun 2,2 million so‘m;
  • boshqa hududlar — har kvadrat metr uchun 1,3 million so‘m.

Soliqlarning oshirilishi suv resurslariga ham ta’sir qiladi, bu esa bir qator xizmatlar narxining ko‘tarilishiga olib keladi. Xususan, 2025 yildan boshlab do‘konlarda ichimliklar va avtomobil yuvish xizmatlarining narxlari oshishi kutilmoqda.