O‘zbekistonda barcha fuqarolar va chet elliklar uchun ijtimoiy karta joriy etiladi
7 январь

O‘zbekistonda barcha fuqarolar va chet elliklar uchun ijtimoiy karta joriy etiladi

O‘zbekistonda mamlakatning barcha fuqarolari, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiluvchi chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yangi ijtimoiy karta joriy etish rejalashtirilmoqda. Karta bir nechta vazifani bajaradi: shaxsni tasdiqlovchi hujjat, bank va transport kartasi, hamda talaba guvohnomasi sifatida xizmat qiladi. Uni olish narxi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 10 foizini tashkil etadi.

Ushbu karta orqali nafaqalar, ijtimoiy yordam va stipendiyalar to‘lanadi. Kartani olish uchun arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi, “Inson” ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari yoki banklarda topshirish mumkin.

Yangi kartaning 2025-yil oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlarida joriy etilishi rejalashtirilmoqda.