
O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida onlayn nazorat tizimi ishga tushirildi
“Onlayn mahalla” platformasida muhtojlarga ko‘rsatilayotgan yordamni kuzatib borish va kam ta’minlangan oilalar bilan manzilli ish olib borish imkonini beruvchi “Shaxsiy dastur” moduli faoliyat boshladi.
Ushbu modul doirasida ijtimoiy himoya va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj 729 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha maqsadli dastur ishlab chiqildi. Bundan tashqari, ularning moddiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan turli xil ijtimoiy yordam choralari ko‘rilmoqda.