O‘zbekiston va Latviya yuk tashishni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
11 ноябрь

O‘zbekiston va Latviya yuk tashishni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Latviya Respublikasi transport vaziri maslahatchisi Yanis Meyrans boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida yuk tashishni rivojlantirish imkoniyatlari, shuningdek, tashuvchilar duch kelayotgan muammolar va ularni hal etishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish uchun Latviya portlari orqali o‘tish muhimligini inobatga olib, tomonlar Latviya port infratuzilmasidan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratdilar. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi transport jarayonini tezlashtirish uchun elektron ruxsat beruvchi hujjatlarni almashish (Ye-permit) tizimini joriy etish imkoniyati muhokama qilindi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun