
Ozarbayjonida ilk bor maymun chechagi holati aniqlandi
Ozarbayjonida maymun chechagi virusiga chalinishning birinchi holati qayd etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kasallik yaqinda chet eldan qaytgan 22 yoshli mahalliy fuqaroda aniqlangan.
Erkak 2-yanvardan 11-yanvargacha xorijiy davlatlardan birida bo‘lgan, biroq davlat nomi aniqlanmagan. Qaytib kelganidan bir necha kun o‘tgach, u Bokudagi klinikaga tana haroratining ko‘tarilishi, jinsiy a’zolar sohasida toshmalar paydo bo‘lishi, limfa tugunlarining kattalashishi va mushak og‘riqlari haqida shikoyat qilib murojaat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u sayohat davomida kasallik alomatlari bo‘lgan shaxs bilan aloqada bo‘lgan.
PZR testi maymun chechagi virusi mavjudligini tasdiqladi, shundan so‘ng bemor kasalxonaga yotqizildi. Bemor bilan aloqada bo‘lgan oila a’zolarida infeksiya belgilari yo‘q, ammo ularga profilaktik davolanish tayinlandi va zarur dori vositalari berildi.