O‘zbekiston-BAA hamkorligi Pokiston ommaviy axborot vositalari e’tiborida
20 январь

O‘zbekiston-BAA hamkorligi Pokiston ommaviy axborot vositalari e’tiborida

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi hamkorlik Pokiston matbuotida keng yoritilayotgani haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda. Ikki davlat munosabatlarining rivojlanishiga bag‘ishlangan maqolalar “Associated Press of Pakistan”, “Diplomatic News Agency”, “Pakistan Today”, “Islamabad Post” kabi nufuzli nashrlar, shuningdek “The Gulf Observer” va “The Europe Today” internet portallarida chop etilgan.

Jurnalistlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi aloqalar xalqaro hamkorlikning o‘zgaruvchan kuchini namoyon etayotganini ta’kidlashmoqda. O‘zaro hurmat va umumiy maqsadlarga asoslangan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda sezilarli darajada mustahkamlandi.

Savdo, fan, texnologiyalar, turizm va qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi aloqalarning samarali rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hamkorlikning huquqiy asosi 32 ta ikki tomonlama hujjatni o‘z ichiga oladi. Bular orasida uchta davlatlararo, 14 ta hukumatlararo, oltita idoralararo bitim va to‘qqizta boshqa hujjat mavjud.