Qashqadaryoda sayyohlar xavfsizligi masalasi muhokama etildi
31 январь

Qashqadaryoda sayyohlar xavfsizligi masalasi muhokama etildi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida u xodimlarning xizmat sharoitlari bilan tanishib chiqdi va shaxsiy tarkibga yo‘riqnoma berdi.

So‘ngra Mirzarahimov YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Shahrisabz tarixiy markazini ziyorat qildi. U qadimiy yodgorliklarni ko‘zdan kechirdi, ularning saqlanish holatini baholadi va sayyohlar uchun yaratilgan qulayliklarni o‘rganib chiqdi.

Tashrif davomida vazir o‘rinbosari xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ham berdi.