Rossiyada migratsiya hujjatlarini qalbakilashtirish yil boshidan beri 42% ga oshdi
22 апрель

Rossiyada migratsiya hujjatlarini qalbakilashtirish yil boshidan beri 42% ga oshdi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2025-yil boshidan beri chet el fuqarolari tomonidan migratsiya hujjatlarini qalbakilashtirish holatlari sezilarli darajada ko‘payganligi qayd etildi. Aniqlangan holatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,6 foizga oshgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Irina Volk xorijliklar tomonidan qalbaki migratsiya hujjatlaridan foydalanish holatlari ko‘payib borayotganini ma’lum qildi.

2025-yil boshidan buyon 1374 ta shunday holat aniqlangan.

Volkning ta’kidlashicha, politsiya noqonuniy migratsiya xizmatlarini taklif qiluvchi telegram-kanallarni faol ravishda aniqlab, ularni bloklayapti. U rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatib, chet el fuqarolarini hujjatlarni rasmiylashtirish uchun faqat Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy idoralari va unga qarashli muassasalarga murojaat qilishga chaqirdi.

Avvalroq biz Toshkentda O‘zbekiston va Rossiyaning turli idoralari vakillari, xususan, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti hamda Rossiyaning "Pasport-viza xizmati" davlat korxonasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Uchrashuv davomida tomonlar migratsiya jarayonlarini O‘zbekistonga ko‘chirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va Toshkentdagi Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarida rus tili imtihonini topshirish masalalarini muhokama qildilar.