Namanganda kiberjinoyatlarni tergov qilish masalalari muhokama etildi
1 февраль

Namanganda kiberjinoyatlarni tergov qilish masalalari muhokama etildi

Namangan viloyatida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni fosh etish usullariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Viloyat IIB qoshidagi Tergov boshqarmasi sudlar, prokuratura va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti uyushtirdi.

Kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassislari bunday jinoyatlarni tergov qilish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchi tayinlanadigan ekspertizalar va tergov jarayonida yuzaga keladigan muammolar haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, boshqarmaning Ekspert-kriminalistika markazi rahbari raqamli ekspertiza o‘tkazishda ekspertlar oldiga qo‘yiladigan savollar to‘g‘risida tushuncha berdi.

Bunday ta’lim tadbirlari tergovchi va surishtiruvchilarning malakasini oshirishga, tergov sifatini yaxshilashga, jinoyat ishlarini xolisona va to‘liq tergov qilinishini ta’minlashga, shuningdek, tergov faoliyatida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olishga xizmat qiladi.