Tashqi ishlar vaziri Indoneziyaning ishbilarmonlik va madaniyat sohalarining yetakchilari bilan uchrashdi
12 февраль

Tashqi ishlar vaziri Indoneziyaning ishbilarmonlik va madaniyat sohalarining yetakchilari bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidovning Indoneziyaga tashrifi doirasida mamlakatning ishbilarmon va madaniy doiralari vakillari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. Asosiy voqealardan biri Indoneziya Savdo-sanoat palatasi raisi Anindya Bakri bilan bo‘lgan suhbat bo‘lib, unda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qo‘shma biznes loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi. Har ikki davlat barcha istiqbolli sohalarda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Madaniy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Indoneziya madaniyat vaziri Fadli Zon bilan uchrashuv chog‘ida umumiy din, an’analar va madaniy qadriyatlarga asoslangan xalqlarning tarixiy qardoshligi ta’kidlandi. Tomonlar umumiy merosni o‘rganish va ommalashtirish zarurligi, shuningdek, bu borada qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish to‘g‘risida fikr almashdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi ham iqtisodiy hamkorlik, ham madaniy almashinuvni qamrab olgan munosabatlarni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.