
Yangi poyezd Urganch va Qo‘ng‘irotni bog‘laydi
2025-yil 20-yanvardan boshlab O‘zbekistonda “Urganch — Qo‘ng‘irot — Urganch” yo‘nalishi bo‘yicha yangi yo‘lovchi poyezdi ishga tushiriladi. Bu haqda mamlakat Transport vazirligi ma’lum qildi.
Temir yo‘l aloqasi yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tashkil etilgan. Poyezd har kuni qatnaydigan bo‘ladi: Urganchdan u soat 6:00 da, Qo‘ng‘irotdan esa 13:24 da jo‘nab ketadi.